AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, AQSh Saudiya Arabistoniga NATOdan tashqari Vashingtonning asosiy ittifoqchisi maqomini berdi va qirollik bilan mudofaa sohasida strategik kelishuvni imzoladi.
🗣 «Men harbiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishimizni e’lon qilishdan mamnunman. Saudiya Arabistonini rasman NATOdan tashqari asosiy ittifoqchi deb belgilayapmiz», – dedi prezident.
Ayni paytda AQShning NATOdan tashqari ittifoqchisi maqomiga ega 19 ta mamlakat mavjud bo‘lib, ular orasida Yaqin Sharq davlatlari ham bor.
Ushbu maqom harbiy hamkorlik imkoniyatlarini kengaytiradi: bunday davlatlar moddiy-texnik ta’minot uchun kreditlar olishi, Amerika zaxiralarini o‘z hudutida joylashtirishi va tayyorlov dasturlarida ishtirok etishi mumkin.
📈 Bu e’lon Saudiya vorisi Muhammad bin Salmonning AQShdagi saudiya investisiyalari hajmini 600 milliard dollardan 1 trillion dollargacha oshirish va’dasidan so‘ng berilgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp, shuningdek, Amerika razvedkasi tarqatgan Muhammad bin Salmon Washington Post jurnalisti Jamol Xashoqjining 2018 yildagi o‘ldirilishiga «aloqador bo‘lishi mumkin» degan ma’lumotlarni rad etdi.
«Har xil voqealar bo‘ladi, sizga yoqsin-yoqmasin. Shu yerda to‘xtashimiz mumkin. Bunday savollar bilan mehmonimizni noqulay ahvolga solmaslik kerak», — dedi AQSh prezidenti.