Bugun 29 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Saudiya Arabistoni husiylarga qarshi yangi urushga tayyorlanayotgan bo‘lishi mumkin – NYT

Saudiya Arabistoni husiylarga qarshi yangi urushga tayyorlanayotgan bo‘lishi mumkin – NYT

Saudiya Arabistoni Yamandagi husiylarga qarshi yangi harbiy kampaniyaga tayyorlanayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda 27 avgust kuni The New York Times nashri tahlilchilar va Saudiya rasmiysiga tayanib xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, so‘nggi haftalarda husiylar Saudiya Arabistonining kemalari, aeroportlari va neft infratuzilmasiga qator hujumlar uyushtirgan. Bu ikki tomonni keng ko‘lamli to‘qnashuvga yaqinlashtirib, mintaqadagi mojaroda yangi front ochilishi xavfini kuchaytirmoqda.

Ismini oshkor etmagan Saudiya rasmiysining NYT'ga aytishicha, Ar-Riyod tinchlik yo‘lini afzal ko‘radi, ammo harbiy to‘qnashuvga ham tayyor. Agar husiylar hujumlarni davom ettirsa, qirollik Yamanning xalqaro tan olingan hukumatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida harbiy zarbalar berish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin.

Ayni paytda Yaman hukumati va Saudiya boshchiligidagi koalisiya husiylar tahdidiga qarshi hamkorlik davom etayotganini bildirmoqda. Koalisiya husiylar «dushmanona harakatlar»ni davom ettirsa, Saudiya manfaatlarini himoya qilish uchun zarur choralar ko‘rilishini ma’lum qilgan.

Husiylar esa Saudiya energetika ob’ektlariga hujumlarni kengaytirish bilan tahdid qilib kelmoqda. Tahlilchilarning fikricha, hozirgi keskinlik 2022 yildan beri saqlanib kelgan nisbiy tinchlik davri uchun eng jiddiy sinovlardan biriga aylangan.

Hozircha Saudiya Arabistoni yangi keng ko‘lamli harbiy operasiya boshlanishini rasman e’lon qilgani yo‘q. Shu bois NYT xabari tayyorgarlik va ehtimoliy ssenariylar haqidagi ma’lumot sifatida baholanmoqda.

Kiritildi: 16:15 28.08.2026. O'qildi: 304 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!