Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Saudiya Arabistoni hukumati Benzema, Ramos va Modrichga 60 mln dollarlik shartnoma taklif qildi

Saudiya Arabistoni hukumati Benzema, Ramos va Modrichga 60 mln dollarlik shartnoma taklif qildi

Saudiya Arabistonida «Real»ning ikki futbolchisi transferiga qiziqish bildirishmoqda.

El Mundo xabariga ko‘ra, mamlakat rasmiylari hujumchi Karim Benzema va yarimhimoyachi Luka Modrichga mahalliy liga klublari bilan ikki mavsumga 60 mln dollarlik shartnomalar tuzishni taklif qilishgan. E’tiborlisi, o‘yinchilar o‘zlari istagan jamoani tanlashlari mumkin.

Xuddi shunday taklif «PSJ» himoyachisi Serxio Ramosga ham bildirilgan.

Barcha aloqalar telefon orqali amalga oshirildi, tomonlar muloqotni davom ettirishga kelishib olishdi.

Saudiya Arabistoni hukumati 2030 yilgi jahon chempionatini Misr va Gresiya bilan birgalikda o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritish uchun ligaga iloji boricha ko‘proq yulduz futbolchilarni jalb qilmoqchi.

Kiritildi: 20:50 02.02.2023. O'qildi: 2276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!