Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Saudiya Arabistoni futbolchilari JChga chiqqani evaziga katta miqdorda mukofot oladi

Saudiya Arabistoni futbolchilari JChga chiqqani evaziga katta miqdorda mukofot oladi

Saudiya Arabistoni terma jamoasi 2026 yil AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanma olgani evaziga katta miqdorda bonus oladi. Masrawy nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, terma jamoaning har bir futbolchisiga 5 million saudiya riali (1,25 million yevro) miqdorida mukofot beriladi.

Saudiya Arabistoni JCh saralashi 4-bosqichi doirasida Iroq va Indoneziya bilan kuch sinashdi. Yakunda 4 ochko to‘plagan Erve Renar boshchiligidagi jamoa to‘plar farqi evaziga Iroqni ortda qoldirib, mundial ishtirokchisiga aylandi. Ikki o‘yinda ham mag‘lubiyatda uchragan Indoneziya esa so‘nggi pog‘onani egalladi.

Shu tariqa, OFKdan yo‘llanma olgan jamoalar nomi 8 taga yetdi: Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya, Iordaniya, Avstraliya, O‘zbekiston, Qatar hamda Saudiya Arabistoni.

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi Jahon chempionati tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirokida o‘tkaziladi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Musobaqaga qur’a tashlash marosimi joriy yilning 5 dekabr kuni AQShning Vashington shahridagi Kennedi markazida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 23:18 15.10.2025. O'qildi: 1083 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!