Saudiya Arabistoni 15 ta davlat dengiz mudofaasi bo‘yicha ko‘p millatli koalisiya tuzish to‘g‘risidagi bayonotni imzolaganini ma’lum qildi. Bu haqda Qirollik Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hozirga qadar 13 ta davlat mazkur koalisiyaga rasman qo‘shilib bo‘lgan.
Koalisiya asosan Bob al-Mandeb bo‘g‘ozi, Qizil dengiz va Adan qo‘ltig‘i hududlarida faoliyat yuritadi. Uning vazifasi dengiz xavfsizligini ta’minlash va mintaqadagi tahdidlarga qarshi hamkorlikni kuchaytirishdan iborat bo‘lishi kutilmoqda.
Koalisiya qo‘mondonligiga Saudiya Arabistoni vakili rahbarlik qiladi. Qo‘mondon o‘rinbosari lavozimini esa Pokiston vakili egallaydi.