Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi 2025 yil mavsumida ziyoratchilarga bolalarni o‘zlari bilan olib kelishlariga ruxsat etilmasligini ma’lum qildi.
Har yili Haj vaqtida haddan ziyod ko‘p odam yig‘ilishi munosabati bilan bolalar xavfsizligini ta’minlashda muammolar paydo bo‘lmasligi uchun shunday qaror qabul qilingan, deyiladi “AzerTAJ” xabarida.
Shuningdek, mavsumni yanada uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida xavfsizlik bo‘yicha tushuntirish kampaniyasi, muqaddas qadamjolarda harakatni boshqaradigan va tartibga soladigan aqlli tizimlarni amaliyotga joriy etish, qulaylikni oshirish va marosimlar jarayonini osonlashtirish uchun qo‘nalg‘alar va yo‘llarni yangilash kabi yana bir qator yangi chora-tadbirlar joriy etilgan. An’anaga muvofiq, avval Haj ziyoratini ado etmaganlarga ustuvorlik berilishi ham qo‘shimcha qilingan.