Bugun 19 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Saudiya Arabistoni AQShga investisiyalar hajmini 1 trillion dollargacha oshiradi

Saudiya Arabistoni AQShga investisiyalar hajmini 1 trillion dollargacha oshiradi

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi va bosh vazir Muhammad bin Salmon Ol Saud qirollikning Amerika iqtisodiyotiga sarmoya kiritishni 600 milliard dollardan 1 trillion dollargacha oshirish niyatida ekanini ma’lum qildi.

U bu haqda Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qilgan.

"Janob Prezident, ishonchim komilki, bugun va ertaga biz ushbu 600 milliard dollarlik sarmoyalarni, real sarmoyalarni qariyb 1 trillion dollarga oshirish niyatimizni e’lon qilamiz", — dedi Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi.

Kiritildi: Bugun 07:35. O'qildi: 254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!