Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Saudiya Arabistoni 11 mamlakatdan taqiqini olib tashladi

Saudiya Arabistoni 11 mamlakatdan taqiqini olib tashladi

30 maydan Saudiya Arabistoni koronavirus pandemiyasi sababli 11 mamlakatdan qirollikka kirishga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Buyuk Britaniya, Germaniya, Irlandiya, Italiya, BAA, Portugaliya, AQSH, Fransiya, Shvesiya, Shveysariya, Yaponiyadan qirollikka kelishga ruxsat berildi.

"Ularga nisbatan sanitar karantin qo‘llaniladi", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bu mamlakatlarda pandemiya barqaror va samarali nazorat qilinayotgani sababli ushbu qaror qabul qilingan.

Saudiya Arabistoni 3 fevralda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida 20ta mamlakatdan qirollikka kirishni to‘xtatgandi.

Qirollikda dekabr oxiridan 17 maygacha qat’iy karantin choralari amal qildi. 17 maydan boshlab koronavirusga qarshi emlanganlarga mamlakatdan chiqishga ruxsat berildi.

Kiritildi: 05:25 30.05.2021. O'qildi: 3187 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!