Saudiya Arabistoni 31 martdan boshlab o‘z hududiga kirish va chiqishga qo‘yilgan taqiqlarni bekor qiladi va xalqaro parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yadi, deb xabar berdi juma kuni Saudiya Arabistonining rasmiy axborot agentligi.
Shuningdek, Qirollik mart oyining oxiriga kelib barcha quruqlik va dengiz yo‘llarini ochadi va barcha davlat fuqarolarining mamlakatga kirib-chiqishiga ruxsat beradi. Ushbu sayohatlar virus tarqalishining oldini olish uchun joriy qilingan cheklovlar va profilaktika choralariga muvofiq amalga oshiriladi.
So‘nggi haftalarda Saudiyada koronavirusga chalinganlarning kunlik soni sezilarlai darajada kamaydi. 7 yanvar kuni 98 kishigagina COVID-19 tashxisi qo‘yilgan va 4 kishi ushbu kasallik qurboniga aylangan. Shuning uchun Qirollik rasmiylari mamlakat chegaralarini ochishga qaror qilishdi.