19 may kuni imzolangan 186-sonli Prezident qaroriga ko‘ra, 2025-2030 yillarda:
🔸 Saratonga chalingan bolalar 100 % ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam bilan qamrab olinadi;
🔸 bolalar saratonini erta bosqichlarda aniqlashni 65 foizgacha oshiriladi,
🔸Onkologik kasalliklarga chalingan bolalarning 1 yillik yashovchanligi - 90 foizgacha, 5 yillik yashovchanligi – kamida 60 foizgacha oshiriladi;
🔸 2025 yil 1 iyulgacha “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimida onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni ro‘yxatga olish, tashxislash, dispanser kuzatuvijarayonlarini o‘z ichiga olgan bemorning raqamlashtirilgan marshruti joriy etiladi. Bunda shifokor qabuliga masofadan yozilish hamda onlayn konsultasiyalar o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.
🔸 Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida Bolalar saratoni bo‘yicha xalqaro Akademik xab tashkil etiladi.