Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Sankt-Peterburgda yuz bergan portlash natijasida 25 kishi jabrlandi

Sankt-Peterburgda yuz bergan portlash natijasida 25 kishi jabrlandi

Sankt-Peterburgdagi kafelardan birida yuz bergan portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana 25 kishi jarohat oldi, 19 kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda shimoliy poytaxt gubernatori Aleksandr Beglov o‘zining telegram-kanalida ma’lum qildi.

"Vasilevskiy orolidagi kafeda yuz bergan voqea yuzasidan hozirda shaharning barcha favqulodda va maxsus xizmatlari jalb qilingan. Huquq-tartibot idoralari bilan kelishilgan holda ishlamoqdamiz. Ular voqea sabablarini aniqlamoqda", - deyiladi xabarda.

Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, shaharda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun barcha zarur resurslar mavjud.

Kiritildi: 23:10 02.04.2023. O'qildi: 3350 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!