Sankt-Peterburgda Fin ko‘rfazi tomonidan esayotgan bo‘ronli shamol tufayli suv sathi ko‘tarildi, shu sababli shaharni suv toshqinidan himoya qiluvchi dambasi yopildi.
"Suv sathining maksimal darajada ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Dambaning tashqi tomonida suv sathi 180 santimetrdan oshdi", deya xabar bermoqda shahardagi himoya inshootlari majmuasi matbuot xizmati.
"Agar himoya dambalari yopilmaganida, allaqachon suv toshqini yuz bergan bo‘lar edi. Ishonch bilan aytish mumkinki, Sankt-Peterburgda iyul oyida shahar tarixidagi ikkinchi suv toshqini qayd etildi", — deb yozdi Sankt-Peterburg bosh sinoptigi Aleksandr Kolesov o‘zining Telegram-kanalida.