Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasiga qo‘shimcha vazifalar yuklandi

Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasiga qo‘shimcha vazifalar yuklandi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining markaziy apparatida 3 ta shtat birligidan iborat Sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari bo‘yicha axborot markazi tashkil etildi.

Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasidagi sanitariya va fitosanitariya shartlari to‘g‘risida Jahon savdo tashkiloti a’zo davlatlarini xabardor qilish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga qo‘shimcha vazifalar yuklandi:

  • oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash uchun qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, qoidalar, nizomlar to‘g‘risida JST a’zo davlatlarini muntazam xabardor qilishni ta’minlash;
  • sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari to‘g‘risidagi loyihalarni e’tiroz va takliflar olish uchun JST a’zo davlatlariga yuborish;
  • JST a’zo davlatlarining e’tiroz yoki takliflari va qarshiliklari asosida chora-tadbirlar loyihalarini qayta ishlash uchun tashabbuskor vakolatli davlat organlariga kiritish;
  • JST a’zo davlatlari va manfaatdor tomonlarning asoslangan so‘rovlariga javoblar yuborish.

Prezident farmoniga muvofiq, Jahon savdo tashkilotining Sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari to‘g‘risidagi bitimi (SPS Agreement) talablaridan kelib chiqqan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining markaziy apparatida 3 ta shtat birligidan iborat Sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari bo‘yicha axborot markazi tashkil etildi.

Kiritildi: 06:25 11.12.2024. O'qildi: 664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!