Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

Sanitar tozalash xizmati sohasida texnikalardan samarali foydalanishning yangicha tajribasi joriy etilmoqda

Sanitar tozalash xizmati sohasida texnikalardan samarali foydalanishning yangicha tajribasi joriy etilmoqda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari vaziri Aziz Abduhakimov tashabbusi bilan sanitar tozalash xizmatidan samarali foydalanish maqsadida yangi turdagi maxsus texnikalarni joriy etish rejalashtirilmoqda. Vazir ta’kidlaganidek, hozirda mavjud chiqindi tashuvchi mashinalar o‘rniga ekologik jihatdan xavfisiz, boshqarish qulay bo‘lgan, kamxarj motoskuterlar xizmatidan foydalanish taklif etilyapti.
Quvvatlantirilganidan keyin 80 km. masofa bosib o‘ta oladigan maxsus motoroller kuniga 2 martagacha aholi yashash joylaridan maishiy chiqindilarni olib chiqish imkoniyatiga ega. Ushbu texnikalar chiqindilarni saralagan holda olib chiqib, qayta yuklash stansiyasiga tashishi bilan ham hozirgi yirik transport vositalariga qaraganda foydali hisoblanadi. Natijada tayyor saralangan chiqindilarni yana qaytadan saralashga hojat qolmaydi. Texnika kuchi va xarajatlar tejalishi hisobiga poligonlarda tashkil etiladigan eko-klaster hududining o‘zida chiqindilarni qayta ishlashga erishiladi.

Ma’lumot o‘rnida: yuk tashuvchi motorollerning xarid narxi 32 mln. so‘m bo‘lib, hozirgi kunda foydalanilayotgan narxi 869 mln. so‘m bo‘lgan chiqindi tashuvchi yirik transportlardan 27 baravar arzondir. Ushbu transportni saqlash, ta’mirlash va ishchi kuchi kabi bir yillik xarajatlari 14 baravar hamda yoqilg‘i sarfi jihatdan esa 5 barobarga tejamkor hisoblanadi.

Ushbu motorollerlar elektrga mo‘ljallangan. Ahamiyatlisi, ulardan keng foydalanish yo‘lga qo‘yilgach, sohada qo‘shimcha ishchi o‘rinlari soni ortadi. Elektro motorollerlar chiqindilarni “qayta ishlanadigan”, “qayta ishlanmaydigan” va “oziq-ovqat” chiqindilariga saralab tashishga mo‘ljallangan. Hozirgi chiqindi tashuvchi transportlarda esa chiqindilarni saralab tashishning imkoni yo‘q va bu chiqindilarni qayta ishlash qamrovi darajasi ortishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

Dastlabki jarayonda tajriba sifatida chiqindilarni tashishni alohida turlarga ajratish maqsadida 3 turdagi 150 ta motoroller xarid qilinadi. Ushbu transport vositalarini respublikaning barcha hududlarida sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 13:21 20.06.2024. O'qildi: 411 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!