Shanba kuni «Manchester Siti» o‘z muxlislarini «Tottenxem»dan 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, xafa qildi. «Shaharliklar» uchun bu mag‘lubiyat turli musobaqalarda ketma-ket beshinchi bo‘ldi. San-Marino terma jamoasi ijtimoiy tarmoqlardagi norasmiy akkaunti so‘nggi yillardagi Angliya chempionlari ustidan kulgan.
«Salom. Iltimos, bizga qarshi o‘ynang. O‘ylaymanki, biz sizlarni mag‘lub eta olamiz», - deyiladi xabarda.
Ta’kidlash joizki, «Manchester Siti»ga nisbatan hazilni Britaniya futbol ommaviy axborot vositalari ham qo‘llab-quvvatladi.
«Manchester Siti» navbatdagi o‘yinini 26 noyabr, seshanba kuni Chempionlar ligasida «Feyenoord»ga qarshi o‘tkazadi.