Italiya Piaggio Aerospace aviakompaniyasini Turkiyaning Baykar kompaniyasiga sotishni ma’qulladi, deb yozadi Anadolu agentligi.
Turkiyaning hujumchi uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqaruvchisining taklifi 1884-yilda asos solingan Italiyaning mashhur samolyot giganti Piaggio Aerospace'ni sotib olish bo‘yicha tenderda eng yaxshisi bo‘ldi, deb xabar beradi Baykar. Kompaniya turli mamlakatlardan tenderda qatnashgan raqobatchilardan ustun keldi.
Piaggio Aerospace P.180 Avanti biznes-jetlari va aviasiya dvigatellarining taniqli ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Piaggio P180 Avanti ko‘pincha "Samoviy Ferrari" deb ataladi.