Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Samolyotda bort kuzatuvchisiga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

Samolyotda bort kuzatuvchisiga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

7 yanvarda Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tuman sudida samolyot bort kuzatuvchisiga shilqimlik qilgan erkakka sud hukmi o‘qildi. «Gazeta.uz» sud hujjatini o‘rgandi.

Holat 2024 yil 31 dekabr kuni Sochi — Toshkent yo‘nalishi bilan uchib kelayotgan samolyot bortida sodir bo‘lgan. Unda 1985 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi J.E. mast holda bo‘la turib, ushbu reysda xizmat ko‘rsatayotgan Uzbekistan Airways bort kuzatuvchi qizi tanasining yonboshini bir necha marta ushlab, unga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan.

Sud majlisida J.E. Toshkent shahriga uchib kelayotganda mast holda bo‘lgani sababli qo‘lidan tushib ketgan narsasini poldan olayotganida qo‘li bexosdan o‘tib ketayotgan bort kuzatuvchisining yonbosh sohasiga tegib ketganini aytdi. U bort kuzatuvchisiga shilqimlik qilmaganini, bunday holat boshqa qaytarilmasligini va unga yengillik berishni so‘radi.

Sud majlisida so‘roq qilingan jabrlanuvchi o‘z ko‘rsatuvida J.E. mast holda bir necha marotaba uni yonboshiga qo‘li bilan teginib, shilqimlik qilganini ta’kidladi. U yo‘lovchi J.E.ga bunday harakatlarni to‘xtatishni so‘rab tanbeh berganini, J.E. harakatlarini to‘xtatmaganini, uning boshqa yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilib, unga qo‘pol muomalada bo‘lishda davom etganini aytib, suddan J.E.ga qonuniy chora ko‘rishni so‘radi.

Sud J.E.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41−1-moddasi 1-qismi (Shahvoniy shilqimlik) bilan aybli deb topdi va unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.

Kiritildi: 11:21 08.01.2025. O'qildi: 872 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!