Air Canada Express reysi uchuvchilari LaGuardia aeroportida yer usti transport vositasi bilan to‘qnashuvda halok bo‘lishdi.
Bu haqda NBC News manbalarga tayanib xabar berdi.
"Nyu-Yorkdagi LaGuardia aeroportida Air Canada Express reysi va yer usti transport vositasi o‘rtasidagi to‘qnashuvda samolyot uchuvchisi va ikkinchi uchuvchisi halok bo‘ldi", deyiladi xabarda.
Manbalarga ko‘ra, Nyu-York shahrining tibbiy eksperti hozirda ularning o‘lim sabablarini tekshirmoqda.