Keniyada ro‘yxatdan o‘tgan Buffalo 5Y-RBA transport samolyoti Mogadishu yaqinida halokatga uchradi.
Bu haqda Arlaadi Media portali xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot aviadispetcherlar bilan aloqani uzgan va Jasira qishlog‘i yaqinida qulagan. Samolyotda to‘rt kishi bo‘lgan. Samolyot Keniya chegarasi yaqinidagi Dhobli shahridan Mogadishoga uchayotgan edi.
Hozircha ofat sabablariga oydinlik kiritilmagan.