Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

SamDUning Urgut filiali tashkil etiladi

SamDUning Urgut filiali tashkil etiladi

“Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–82-son, 13.01.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qaror bilan Samarqand davlat universitetiga atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov nomi berildi.

Universitetda Transformasiya ofisi tashkil etiladi.

Transformasiya ofisi Universitetni 2026 yilgacha xalqaro reytingda birinchi 1000 talik ro‘yxatga kiritishga mas’ul hisoblanadi.

Qaror bilan Universitetni 2022–2025 yillarda rivojlantirish dasturi va maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Dastur doirasida yoshlarni ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik va innovasion ishlarga faol jalb etish asosida “Startap” markazi tashkil qilinadi.

Shuningdek, Universitetda quyidagilar tashkil etiladi:

  • Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti;
  • Muhandislik fizikasi instituti;
  • Universitetning Urgut filiali.

Mazkur institutlarda va Urgut filialida ta’lim kredit-modul tizimi asosida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi.

Kiritildi: 18:35 14.01.2022. O'qildi: 1810 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!