Samarqand shahar Yoshlar markazida 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Samarqand go‘zali 2019 tanlovi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Zarnews.uz xabar bermoqda.

Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tanlovda 14 nafar 15 yoshgacha hamda 7 nafar 15 yoshdan katta qizlar qatnashdi. Ular milliy, zamonaviy, ertak qahramonlari liboslarida chiqishlar qilib, tanlov shartlarini astoydil bajardi.
Ushbu tanlov viloyatimizda uchinchi bor o‘tkazilishi, deydi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Elyor Ulug‘murodov. Bu yil g‘oliblarni xolisona baholash maqsadida tomoshabinlar tomonidan qizlarimizga ovoz berildi. Keyingi yillarda tanlovning Respublika bosqichini o‘tkazishni rejalashtirganmiz.
Tanlovda Ruxshona Abdullayeva hamda Setora Alijonova Samarqand malikalari deya, e’tirof etildi.