Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Samarqandlik fuqaro Nexia 3 yutib olib uni ololmay ovora bo‘lgan edi. O‘yin tashkilotchilari holatga izoh berdi

A A A
Samarqandlik fuqaro Nexia 3 yutib olib uni ololmay ovora bo‘lgan edi. O‘yin tashkilotchilari holatga izoh berdi

Samarqand shahrida yashovchi Doniyor Zubaydov avgust oyida shahardagi Samsung do‘konidan Huawei smartfonini xarid qilgan va o‘tkazilayotgan aksiyada ishtirok etib, Nexia 3 yutib olgan, biroq yutuqni olishda qiyinchilikka uchragan edi. Yutuqli o‘yin tashkilotchisi «Unique Marketing group» kompaniyasi «Daryo»ga ushbu holat bo‘yicha izoh taqdim etdi.

Qayd etilishicha, 2019 yil 31 avgustda yutuqli o‘yinning uchta g‘olibdan birinchisi aniqlandi hamda Doniyor Zubaydov avtomobil sovrindoriga aylangani haqida xabardor qilindi. Shuningdek, unga tashkilotchi tomonidan avtomobil 2019 yilning 18 oktyabrida (90 kunda) yetkazib berilishi tushuntirilgan.

«Shunday qilib, barcha ma’lumotlar ‘Unique Marketing group’ kompaniyasi Doniyor Zubaydovning oldida o‘z majburiyatlarini bajarganligini ko‘rsatadi. Avtomobil yutug‘ini olish sanasi kechikkanligi g‘olibning quvonchini biroz susaytirgan bo‘lishi mumkin, lekin oqibatda hammasi yaxshilik bilan tugadi. Yangi Nexia 3’ning kaliti o‘z qonuniy sohibiga topshirildi», — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 10:52 31.10.2019. O'qildi: 4086 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!