Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Samarqandlik ayol 12 nafar shaxsning pasportini olib qo‘yib, fohishalikka majburladi

Samarqandlik ayol 12 nafar shaxsning pasportini olib qo‘yib, fohishalikka majburladi

Samarqand. 2018 yilning avgust oyidan joriy yilning oktyabr oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida 44 yoshli O.K., Samarqand shahrida joylashgan uylarning birida K.U., R.E., A.A., K.A., M.F., L.M., M.SH., G.M., M.R., H.S., D.R. va Z.B., larga ijaraga boshpana berishni va’da qilib, ularni fuqarolik pasportlarini g‘ayriqonuniy ravishda egallab, o‘ziga qaram qilib, tungi vaqtda Samarqand shahar Ro‘dakiy ko‘chasi va boshqa joylarida fohishalik bilan shug‘ullanishlariga majburlab, ularni zo‘rlik bilan ishlatib, har biridan kunlik 200.000 so‘mdan 500.000 so‘mgacha pullarni topish maqsadida foydalanib, ushbu yo‘l bilan topilgan pullarni o‘zida saqlab, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflagan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O.K., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “B” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, o‘tkazilgan tintuv tergov harakati davomida yuqoridagi shaxslarning fuqarolik pasportlari tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Hozirda O.K., jinoyat ishi doirasida JKning 135-moddasi 2-qismi “B,i” bandlari bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi tanlangan.

Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda. 

Kiritildi: 12:39 29.10.2020. O'qildi: 3050 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!