Samarqand shahriga noyabr oyida rejalashtirilgan 30 ta elektrobuslarning 8 tasi olib kelindi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, yil yakuniga qadar yana 64 ta elektrobuslar keltirilishi rejalashtirilgan. Umumiy hisobda — 100 ta elektrobus.
“Hozirda elektrobuslarni rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda. Rejadagi transport vositalari olib kelingach, belgilangan tartibda Samarqand shahar jamoat transporti yo‘nalishlariga biriktiriladi”, deyiladi xabarda.