Bugun 14 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Samarqanddan Isroilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yildi

Samarqanddan Isroilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yildi

Bu haqda “Air Samarkand” aviakompaniyasi axborot xizmatiga tayanib UZA ma’lum qildi. Unda yozilishicha, joriy yilning 4 may kuni kompaniya Samarqanddan Tel-Avivga birinchi xalqaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozni muvaffaqiyatli bajardi.

Yangi yo‘nalish ochilishi munosabati bilan har ikki shahar aeroportlarida bayramona tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Kompaniya bosh direktori Zafar Bo‘tayevning ta’kidlashicha, bu reys ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm, ziyorat va ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishda muhim bosqich bo‘ladi.

Parvozlar “Airbus A330” va “Airbus A321” samolyotlarida haftasiga yakshanba kuni amalga oshiriladi; iyuldan boshlab payshanba kuni ham reys qo‘shiladi.

“Air Samarkand”ning Isroildagi hamkori – “Asia Travel Israel” turoperatori hisoblanadi. Reyslar ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy, madaniy va gumanitar aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Tel-Aviv sayyohlar va ziyoratchilar uchun ahamiyatli nuqta hisoblansa, Samarqand ham YUNESKO merosi sifatida Isroil fuqarolari uchun qiziqish uyg‘otmoqda.

“Air Samarkand” xalqaro yo‘nalishlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda va yaqin vaqtda aviakompaniya floti 10 ta samolyotgacha ko‘paytiriladi.

Kiritildi: 16:13 05.05.2025. O'qildi: 728 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!