Ijtimoiy tarmoqlarda "Pastdarg‘om tumaniga qarashli tibbiyot birlashmasi tug‘ruqxona xodimlari o‘rtasida janjal yuzaga keldi" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan viloyat IIB munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu holat 4 iyun kuni sodir bo‘lgan. Tuman tibbiyot birlashmasining tug‘ruqxona bo‘limi xodimlari o‘zaro kelishmovchilik oqibatida bir-birlarini xaqorat qilib, urishgan.
Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Hodisaning barcha aybdorlariga nisbatan qonunda belgilangan tartibda qat’iy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi, deyiladi xabarda.