Bugun 6 dekabr, 2019 yil, juma

КИР

Samarqanddagi janjalda tishi singan turk: “O‘zbeklar o‘z vatanida ikkinchi sort inson muomalasini ko‘risharkan...”

Samarqanddagi janjalda tishi singan turk: “O‘zbeklar o‘z vatanida ikkinchi sort inson muomalasini ko‘risharkan...”

Turkiyada mehnat muhojiri bo‘lgan pedagog Feruza Izzat Feysbuk sahifasida Samarqandda yuz bergan janjalda jabrlangan turk quruvchisining so‘zlarini keltirib, munosabat bildirdi:

"Yozda Samarqanddaligimda olgan rasmlarimni instagramga joylagandim. Bir turk quruvchi yigit Samarqandda ishlayotgani haqida yozuvdi. Shaharga yangi kelganini, 4 yillik kontrakt tuzilganini, hali shahar aylanmaganini, lekin odamlarini yoqtirganini aytuvdi. Orada opa yaxshimisan, deb salom alik qilib turdi. Keyin ish, kuch bilan bo‘lib, gaplashmay ketdik.

Bugun yozibdi: “Uyga qaytdim. Juda yomon janjal chiqdi,” dedi. “Qurilishdagi turklarga o‘zbeklar tashlanishdi. Qo‘lida bori bilan ayamay urishdi. Tosh, tayoq, belkurak, hammasi ishga tushdi. Har bir turkni 50 o‘zbek bir bo‘lib do‘pposladi. “Tishlarim sindi. Tirik qolganimga shukr qilyapman,” deydi.

Yaqinda internetda videosi tarqalgan o‘sha janjalda u ham bor ekan. To‘g‘risi, videoda janjalning bunchalik shiddatli bo‘lgani bilinmagandi. Juda hafa bo‘ldim. “Biz Turkiyada qanchadan qancha chet ellikka sohib chiqamiz, siz yurtingizga ishlashga kelgan 70 ta turkni qabul etolmadingiz” dedi.

“Nimadan chiqdi janjal” desam, ”O‘zbeklar o‘z vatanida ikkinchi sort inson muomalasini ko‘risharkan. Oyliklari biznikidan oz, yashash sharoitlari bizdan ancha yomon, ovqatlari ham yomonroq edi. Faqat bunda bizning aybimiz yo‘q ediku, biz nega kaltak yeganimizni tushunmadik,” deydi.

Uyaldim. Juda uyaldim. Bu yerda mehnat muxojiriman. Birinchidan, turklar o‘lib qolsa menga ko‘proq haq berib, o‘zining turkiga kamroq oylik bermaydi. Mehnat sharoiti ham huddi shunday. Ikkinchidan, faraz qilaylik, menga turklardan ko‘ra boshqacharoq, yaxshiroq muomala qila boshlashdi. Turklar galalashib mening ustimga yopirilmaydi. Borib ish beruvchi bilan hal qiladi.

O‘zbekistonning obro‘si misqollab yig‘ilayotgan, Turkiya bilan aloqalarga iliqlik ufura boshlagan paytda shuncha turk, ularning yaqinlari, oilasi, do‘stlari, qo‘ni-qo‘shnilari O‘zbekistondan nafrat etadigan bo‘ldi. Shu bizga kerakmidi?

Sof.uz

Kiritildi: 13:40 14.11.2019. O'qildi: 11994 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi, va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!