Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Samarqanddagi do‘kondan qalbaki aksiz markali alkogol va tamaki mahsulotlari topildi

Samarqanddagi do‘kondan qalbaki aksiz markali alkogol va tamaki mahsulotlari topildi

Samarqand viloyatidagi do‘kondan 523,8 mln so‘mlik qalbaki aksiz markali alkogol va tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Payariq tumanidagi “B.S.” MCHJ rahbari B.N. “Go‘zal” MFY hududidagi savdo do‘konida kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 523,8 mln so‘mlik qalbaki aksiz markali 4086 dona alkogol va 16 065 quti tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:07 29.05.2025. O'qildi: 529 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!