Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Samarqandda sifatsiz qurilish ob’ektlari buzib tashlandi

A A A
Samarqandda sifatsiz qurilish ob’ektlari buzib tashlandi

Bu haqda viloyat hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, cifatsiz qurilish ishlarini oldini olish, noqonuniy ob’ektlarni aniqlash hamda ularni bartaraf qilish maqsadida Samarqand viloyati bo‘ylab reyd tadbirlari yanada kuchaytirilgan.

“Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Umar Mirzayev tomonidan inspeksiyaning barcha xodimlari bilan ushbu masala yuzasidan muhokama o‘tkazilib, xodimlar hududlar bo‘ylab yo‘naltirildi” deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan yanada kuchaytirilgan tartibda o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida Samarqand shahrining Qorasuv massivida “Me’mor kompleks” MCHJ tomonidan qurilayotgan maktab binosida bir qator qoidabuzarliklar aniqlangan.

Shuningdek, nazorat tadbirlari davomida ayrim sifatsiz ishlar aniqlanib, demontaj qildirilgan.

Kiritildi: 22:05 06.10.2024. O'qildi: 982 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!