Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Samarqandda shifokorlarni haqorat qilgan ayolga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Samarqandda shifokorlarni haqorat qilgan ayolga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

2022 yil 3 sentyabr kuni Samarqand shahri “Motrid” qo‘rg‘onida yashovchi fuqaro K.I. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialida davolanib chiqib, “Xujag‘unjoish” MFYda yashovchi tanishlarinikida qolgan.

5 sentyabr kuni K.I.ning turmush o‘rtog‘i U.F. erining uyga kelmaganidan havotirlanib, shifoxonaga borib, “erimni o‘ldirib qo‘ygansanlar” - deb, tibbiyot xodimlariga baqir-chaqir qilib, turli haqoratomuz so‘zlarni ishlatgan.

Hodisa joyiga IIB xodimlari borib, ayolga erining tirikligi, sodir etayotgan harakatlari huquqbuzarlik ekanligi tushuntirilib, shifoxonadan olib ketilgan.

Holat yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:41 07.09.2022. O'qildi: 2463 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!