Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Samarqandda “Samarqand ruhi rassom nigohida” ko‘rgazmasi ochildi (FOTOGALEREYa)

2022 yil 7 sentyabr kuni Samarqand shahridagi "ChorSu" galereyasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Asliddin Isayevning “Samarqand ruhi rassom nigohida” nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Samarqandda “Samarqand ruhi rassom nigohida” ko‘rgazmasi ochildi (FOTOGALEREYa)

Samarqandda “Samarqand ruhi rassom nigohida” ko‘rgazmasi ochildi (FOTOGALEREYa)

Tadbirda Turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosari Nusratilla Zikrillayev so‘zga chiqib, Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovning tabrigini o‘qib eshittirdi.

"Guvohi bo‘layotganingizdek, oxirgi 5 yilda turizm va madaniy meros sohasiga davlatimiz rahbari boshchiliklarida qaratilayotgan yuksak e’tibor sabab, ushbu yo‘nalishda juda ko‘p ishlar qilindi, maqsadli islohotlar amalga oshirildi.

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti oldidan Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan qator tadbirlar ham bularning natijasidir desak, yanglishmagan bo‘lamiz. Ma’lumki, so‘nggi oylar davomida Samarqand shahriga SHHTga a’zo mamlakatlarning rassomlari, haykaltaroshlari, avtopoygachilari, fotograflari va inflyuyenser-blogerlari tashrif buyurishdi. Ularning har biri o‘z asarlari orqali SHHTda Samarqand ruhini aks ettirishga harakat qildi. Bugungi “Rassom nigohida Samarqand ruhi” ko‘rgazmasi ham ushbu ishlarning mantiqiy davomidir", deyiladi nutqda.

Aziz Abduhakimov akademik Asliddin Isayevni ko‘rgazma bilan samimiy tabriklab, ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Ma’lumot uchun, ekspozisiyada rassomning 65 ta ijodiy ishi namoyish etilgan. Rassom ijodida bolalarcha soflik, beg‘uborlik, nafosatni ko‘rish mumkin. Uning “To‘yga pishirilgan nonlar”, “Izvoshchi”, “To‘y”, “Kutilmagan nur”, “Kolxozdagi oqshom”, “Kuz. Qovun bozori” kabi asarlari o‘zbek xalqining milliy qadriyat va an’analarini aks ettiradi.

Samarqandda “Samarqand ruhi rassom nigohida” ko‘rgazmasi ochildi (FOTOGALEREYa)

Samarqandda “Samarqand ruhi rassom nigohida” ko‘rgazmasi ochildi (FOTOGALEREYa)

Samarqandda “Samarqand ruhi rassom nigohida” ko‘rgazmasi ochildi (FOTOGALEREYa)

Samarqandda “Samarqand ruhi rassom nigohida” ko‘rgazmasi ochildi (FOTOGALEREYa)

Asliddin Isayev “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. 2018 yilda unga O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi akademigi unvoni berilgan. Asliddin Isayev o‘ziga xos uslub va imidjini topgan ijodkorlardan biridir. Uning asarlarida bolalikdan unga yaqin odamlar, qadimiy va hamisha navqiron O‘zbekistonning go‘zalligi, tarixi tasvirlangan. Ona shahri Samarqand, uning go‘zal manzaralari ijodkorga butun ijodiy umri davomida ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Samarqandda “Samarqand ruhi rassom nigohida” ko‘rgazmasi ochildi (FOTOGALEREYa)

Samarqandda “Samarqand ruhi rassom nigohida” ko‘rgazmasi ochildi (FOTOGALEREYa)

Samarqandda “Samarqand ruhi rassom nigohida” ko‘rgazmasi ochildi (FOTOGALEREYa)

Samarqandda “Samarqand ruhi rassom nigohida” ko‘rgazmasi ochildi (FOTOGALEREYa)

Samarqandda “Samarqand ruhi rassom nigohida” ko‘rgazmasi ochildi (FOTOGALEREYa)

Samarqandda “Samarqand ruhi rassom nigohida” ko‘rgazmasi ochildi (FOTOGALEREYa)

Samarqandda “Samarqand ruhi rassom nigohida” ko‘rgazmasi ochildi (FOTOGALEREYa)

Samarqandda “Samarqand ruhi rassom nigohida” ko‘rgazmasi ochildi (FOTOGALEREYa)

Samarqandda “Samarqand ruhi rassom nigohida” ko‘rgazmasi ochildi (FOTOGALEREYa)

Ma’lumot uchun, Samarqandga SHHT sammiti arafasida SHHTga a’zo davlatlarning tajribali rassomlari tashrif buyurgandi. Ularning Samarqand aks etgan eng sara asarlari esa sammit arafasida ochiladigan xalqaro ko‘rgazmadan o‘rin oladi. Maqsad — SHHT sammitida Samarqand ruhini yanada yorqinroq aks ettirish.

Kiritildi: 16:38 08.09.2022. O'qildi: 2398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!