Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Samarqandda Rossiyaga ketgan xotinini rashk qilgan erkak farzandlarini bo‘g‘ib o‘ldirdi

Samarqandda Rossiyaga ketgan xotinini rashk qilgan erkak farzandlarini bo‘g‘ib o‘ldirdi

Bugun, 17 may kuni soat 03:00 larda Samarqand viloyati Toyloq tumani yashovchi 39 yoshli erkak 2 farzandini o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, erkak Rossiyaga ishlash uchun ketgan turmush o‘rtog‘ining begona shaxslar bilan ishqiy munosabatda bo‘lganligi haqida video tasvirlarini ko‘rib, u bilan telefon orqali janjallashgan.

So‘ng u turmush o‘rtog‘idan qasd olish maqsadida uxlab yotgan 2 nafar farzandi — 8 va 6 yoshli o‘g‘illarini qasddan o‘ldirgan. Keyin o‘zi tuman IIBga kelib, bu haqda ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 97-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi prosessual tartibida ushlangan.

Kiritildi: 17:47 17.05.2023. O'qildi: 5370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!