Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

Samarqandda “moykachi” 50 ming dollar turadigan mashinani boshqarib YTH sodir etdi

Samarqandda “moykachi” 50 ming dollar turadigan mashinani boshqarib YTH sodir etdi

Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi “moykachi” yigit mijozning mashinasida yo‘l-transport hodisasi sodir etgani aytilgan xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda mashina yuvish shoxobchasi ishchisi mijozning qimmatbaho ZEEKR 001 rusumli avtomobilini o‘zboshimchalik bilan boshqarib chiqib, YTH sodir etgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Unda “moykachi” yigit qimmat mashinani boshqarib ketayotib yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborishiga bir bahya qolganini ko‘rish mumkin.

Qayd etilishicha, 20 iyun kuni soat 17:00 lar atrofida Samarqand shahar O‘zbekiston ko‘chasida Kia Bongo, Lacetti va ZEEKR 001 rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Oqibatda tan jarohati olgan va vafot etganlar mavjud emas. Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 08:22 28.06.2024. O'qildi: 1040 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!