Bugun 4 iyul, 2024 yil, payshanba

КИР

ISW Putinning Ukrainadagi “g‘alaba nazariyasini” oshkor qildi

ISW Putinning Ukrainadagi “g‘alaba nazariyasini” oshkor qildi

Rossiya harbiy qo‘mondonlari hozirda yirik muvaffaqiyatlarga erishgan keng ko‘lamli hujumlardan ko‘ra, taktik muvaffaqiyatlarga ega bo‘lgan uzoq muddatli hujum operasiyalarini afzal ko‘rmoqda, deya AQSh Urushni o‘rganish instituti (ISW) tahlilchilari ma’lum qildi.

Mutaxassislarning fikricha, Rossiya rahbari Vladimir Putin urush qancha uzoq davom etsa, Ukraina hududini bosib olish bo‘yicha o‘z maqsadlariga erishish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi. Putinning “g‘alaba nazariyasi” – hech qanday vaqt chegarasisiz o‘rmalab harakatlanishdan iborat. ISW ekspertlarining fikricha, agar Rossiya prezidenti Ukraina armiyasi uning oldinga siljishini to‘xtata olmasligiga va samarali qarshi hujumlarni amalga oshira olmasligiga ishonch hosil qilsa, bu urush Putinni tobora ko‘proq hududlarni egallab olishga undaydi.

G‘arb Ukraina armiyasini qarshi hujumni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar bilan ta’minlashga shoshilishi kerak, — deb ta’kidlaydi Urushni o‘rganish instituti tahlilchilari.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arb Rossiya barqarorligidan qo‘rqib, Ukrainaning to‘liq g‘alabasiga pul tikishdan qo‘rqishini aytgan edi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, bu Putinga Ukrainaning tobora ko‘proq hududlarini egallab olish strategiyasiga o‘tish imkonini bergan.

Zelenskiy Rossiyaning har qanday oldinga siljishi Putinning pozisiyasini faqat mustahkamlashi va u bundan foydalanib, Ukrainaga bo‘lajak tajovuzga tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradigan qulay vaqtda sulh tuzishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Kiritildi: 20:19 01.07.2024. O'qildi: 3120 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!