Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Samarqandda keksa ayolning boshiga chelak kiygizib, musht tushirgan yigitlar qo‘lga olindi (video)

Samarqandda keksa ayolning boshiga chelak kiygizib, musht tushirgan yigitlar qo‘lga olindi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda yosh yigitlar keksa ayolning ustidan shafqatsizlarcha kulgani aks etgan qisqa video tarqaldi, deb yozadi "daryo.uz".

Unda ikki yigit ayolning ortidan borib, uning boshiga chelak kiygizgani, so‘ng ulardan biri ayolni mushti bilan urganini ko‘rish mumkin. Ayol esa mo‘nkib, yiqilgan. Bezorilarning uchinchi hamtovog‘i hujumni videoga olgan.

Voqea Samarqanddagi «Shodiyona» savdo markazida yuz bergani taxmin etilmoqda.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi nashrga tasdiqlashicha, yigitlar qo‘lga olingan, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hodisaning boshqa tafsilotlari keyinroq e’lon qilinadi.

Kiritildi: 14:07 11.11.2018. O'qildi: 2350 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!