Bugun, 8-fevral kuni soat 11:38 da Samarqand shahar Ko‘ksaroy maydoni avtoturargohida to‘xtab turgan “Vaz-2106” rusumli avtomashinasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 11:40 da yetib borib, yong‘in soat 11:43 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida avtomashinaning oldi motor va salon(kabina) qismi qisman yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.