Bugun 17 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Samarqandda huquq-tartibot xodimi sayyohdan noqoqnuniy pul olgani aytilmoqda

Samarqandda huquq-tartibot xodimi sayyohdan noqoqnuniy pul olgani aytilmoqda

Samarqand viloyatida Janubiy Koreyadan kelgan sayohatchi-blogerdan ichki ishlar xodimlari Registonga kirishi uchun pul olgani aytilmoqda. Tarqalgan videoda huquq-tartibor xodimlari sayyohdan pulni nariroqdagi chiqindi idishiga tashlab, kirib ketaverishini aytgan.

Gap shundaki, bloger ichki ishlar xodimlaridan kirish uchun chiptani qayerdan olish mumkinligini so‘ragan, xodimlardan biri pulni chiqindi idish oldida qoldirib kiraverishini bildirgan.

Sayyohning aytishicha, dastlab nega pulni shunchaki tashlab yuborayotganiga hayron qolgan, keyin esa bu noqoquniy pul undirish ekanini tushunganini aytib bergan.

Kiritildi: 17:32 16.01.2025. O'qildi: 547 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!