Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Samarqandda hisobchi tadbirkorning 6,4 mlrd so‘mini qimorda yutqazgan

A A A
Samarqandda hisobchi  tadbirkorning 6,4 mlrd so‘mini qimorda yutqazgan

Samarqandda yashovchi hisobchi hujjatlarni soxtalashtirib, o‘zi ishlagan MJChning pullarini o‘margan. Bu haqida Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, Samarqand shahrida joylashgan "Ph.l." MCHJning hisobchisi B.M. bank elektron kalitlaridan foydalanib, MCHJning 6,4 mlrd so‘mini o‘zining plastik kartasiga o‘tkazgan.
Bu pullarni u onlayn qimorda yutqazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 07:52 28.11.2024. O'qildi: 1112 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!