Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Samarqandda haydovchi spirtli ichimlik ta’sirida ikki kishining umriga zomin bo‘ldi

Samarqandda haydovchi spirtli ichimlik ta’sirida ikki kishining umriga zomin bo‘ldi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida mast haydovchi ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. Bu haqda “Markaziy studiya” informasion dasturida xabar berilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2024 yil 17 avgust kuni mast qiluvchi ichimlik iste’mol qilib Lasetti mashinasini boshqargan haydovchi Kattaqo‘rg‘on tumanidagi ichki yo‘llardan birida boshqaruvni yo‘qotgan, mashina fuqarolardan biriga tegishli uyning davozasiga zarb bilan urilgan. Oqibatda mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan ikki nafar keksa yoshdagi fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida halok bo‘lgan. Yana ikki kishi tan jarohatlari olgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 21:35 24.08.2024. O'qildi: 1290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!