Bugun 21 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

Samarqandda yerusti metrosi quriladi

Samarqandda yerusti metrosi quriladi

Samarqand shahrida yerusti metrosi qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Qonunchilik palatasida qabul qilingan Samarqand shahri chegarasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror loyihasida qayd etilgan.

Qaror loyihasida Samarqand shahridan o‘tgan Zarafshon daryosi qirg‘og‘i bo‘ylab 15 km uzunlikdagi masofada «Shirin» zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish maqsad qilingan.

Loyihada Samarqand tumanidan 170 gektar va Oqdaryo tumanidan 243 gektar yer maydoni Samarqand shahri tarkibiga o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda.

Ushbu qaror qabul qilinishi natijasida amaldagi 252 gektardan iborat «Shirin» massiv hududi kengaytirilib jami 665 gektarni tashkil etadi. Bunda tasdiqlangan reja bo‘yicha hududda 254 ta ko‘p qavatli uy-joylar, 19 ta ishbilarmonlik va biznes markazlari, 50 ta ijtimoiy soha ob’ektlari, 89 ta ko‘ngilochar va savdo komplekslari hamda tarixiy shaharcha barpo etiladi.

Bundan tashqari, hududda 6 km yerusti metro yo‘li qurilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 112 km ichki yo‘llar, piyodalar va velosiped yo‘laklari, 2 ta katta ko‘prik hamda 7,2 km ichki kommunikasiya uchun tonnel, 180 km irrigasiya quvuri hamda 14 km kanal va ko‘plab sug‘orish inshootlari quriladi.

Mazkur ishlar hududda 3 ta bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich 2026 yilgacha, ikkinchi bosqich 2026−2028 yillarda, 2029−2030 yillarda amalga oshirilishi belgilangan.

Kiritildi: 18:16 14.01.2025. O'qildi: 1233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!