Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Samarqandda bankni o‘marmoqchi bo‘lgan kimsa qo‘lga olindi (video)

Samarqandda bankni o‘marmoqchi bo‘lgan kimsa qo‘lga olindi (video)

30 yanvarga o‘tar kechasi sovuq qurollar bilan qurollangan jinoyatchi AT Xalq banki Payariq tuman filialiga yashirin tarzda kirishga uringan.

Payariq tuman IIB Qo‘riqlash bo‘limi xodimi Jamshid Majidov uni sezib qolgandan so‘ng, bankka kirishga uringan noma’lum shaxs qochayotgan vaqtida unga o‘ziga biriktirilgan quroli o‘qlanganini aytib to‘xta otaman deb ogohlantirish bergan.

U qochishni davom ettirgach, qurolidan bir marotaba yuqoriga qarab o‘q uzadi va unga yerga yotishini talab qiladi. Shundan so‘ng noma’lum shaxs joyida to‘xtaydi. Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari uni ushlab, navbatchilik qismiga xabar berishadi.

Ushlangan shaxs yonidan 30 va 15 santimetrli uchlari o‘tkirlangan temir jismlar, pichoq, qo‘lqoplar, polietilen sumka va boshqa buyumlar borligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 25, 169-moddasi 4-qismi a bandi (juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik qilishga suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 14:02 05.02.2019. O'qildi: 2126 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!