Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Samarqandda ayol bolalarini o‘ldirish bilan eriga tahdid qildi

Samarqandda ayol bolalarini o‘ldirish bilan eriga tahdid qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol o‘z bolasini qiynayotgani aks etgan videolar tarqalmoqda. Holat yuzasidan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat Kattaqo‘rg‘on tumanining Andoqsoy MFY, Andoqsoy qishlog‘ida sodir bo‘lgan. 2000-yilda tug‘ilgan X.U. ayni damda Rossiya Federasiyasida bo‘lgan eri bilan o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik natijasida, jaxl ustida, bolasini qiynab, tasvirga olib turmush o‘rtog‘iga yuborgan.

Hozirda holat yuzasidan IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Holat to‘liq o‘rganilib, fuqaroning harakatlariga huquqiy baho beriladi.

Kiritildi: 21:52 17.03.2023. O'qildi: 2315 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!