Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Samarqandda aholi ko‘chib o‘tgan yangi ko‘p qavatli uyning 2 ta qavati buziladi (FOTO)

Samarqandda aholi ko‘chib o‘tgan yangi ko‘p qavatli uyning 2 ta qavati buziladi (FOTO)

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Firdavsiy ko‘chasi 84-manzilda qurilgan yangi ko‘p qavatli uyda qurilish-ta’mirlash ishlarida kamchiliklar borligi, aholisi binoga ko‘chib o‘tganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsada, allaqachon buzila boshlaganligi, aksariyat fuqarolar qurilgan uyni o‘zlari qaytadan ta’mirdan chiqarganliklari to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. 

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat Qurilish Bosh boshqarmasi bayonot berdi.

Samarqand shahar Firdavsiy ko‘chasi 84-manzilda joylashgan ko‘p qavatli bino “Pastdarg‘om qurilish mollari” MCHJ tomonidan qurilgan. Bino 104 nafar fuqarolarning yakka tartibdagi uy-joylarini sotib olib, o‘rniga pishiq g‘ishtdan 9 qavatli uy-joy qurilgan. Binoda 534 ta xonadon mavjud bo‘lib, 392 tasi sotilgan. 

Samarqandda aholi ko‘chib o‘tgan yangi ko‘p qavatli uyning 2 ta qavati buziladi (FOTO)

Samarqand shahar hokimining 2017 yil 23 martdagi 399-Q-sonli qaroriga asosan ko‘p qavatli bino qurilish ishlari olib borilgan. “ToshboshplanLITI” tomonidan 2017 yilning 5 dekabr kuni OGP-4476-sonli ko‘p qavatli turar joy binosi uchun xulosa berilgan. 2017 yilning 6 martdagi 51/38-sonli Arxitektura rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqilgan. 2017 yilning 22 avgustdagi 4-sonli Arxitektura shaharsozlik kengashining bayonida ko‘p qavatli turar joy binosi qurilishi ma’qullangan. 2017 yilning 24 avgustda davlat ekspertizaning 1019-2017-sonli ko‘p qavatli turar joy binosini qurish bo‘yicha tegishli xulosasi olingan. Qurilish-montaj ishlarini olib borish uchun Qurilish nazorat inspeksiyasidan 2017 yilning 4 sentyabrda 794/17-sonli ruxsatnoma olingan. 

Qurilish-montaj ishlari Samarqand viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan 2017 yilning 4 sentyabrdan 794/17-son bilan ro‘yxatga olingan va nazorat ishlari olib borilgan. Ob’ekt qurilishi Respublika Ishchi guruhi tomonidan o‘rganib chiqilgan hamda ob’ekt Samarqand shahri tarixiy markazining muxofaza hududida joylashganligi sababli turar-joy binosining 7-qavatdan yuqori qismi 8-9 qavatlari buzilishi belgilangan. 

Samarqandda aholi ko‘chib o‘tgan yangi ko‘p qavatli uyning 2 ta qavati buziladi (FOTO)

Bugungi kunda “Pastdarg‘om Qurilish Mollari” MCHJ tomonidan qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlanmaganligi, Respublika ishchi guruhi tomonidan qo‘yilgan talab bajarilmaganligi sababli mazkur ob’ektga inspeksiya tomonidan foydalanishga qabul qilinmagan. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha viloyat hokimligi tomonidan 2019 yil 1 martda 03-03/355-sonli chora-tadbir ishlab chiqilgan. Ko‘p xonadonli turar-joy binosida gaz bosimining pastligi, elektr energiyasi va suv tizimlaridagi uzilishlarni bartaraf etish Samarqand viloyati Qurilish Bosh boshqarmasi hamda qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi vakolatlariga kirmaydi.  

Samarqandda aholi ko‘chib o‘tgan yangi ko‘p qavatli uyning 2 ta qavati buziladi (FOTO)

 

Ob’ekt qurilishi Respublika Ishchi guruhi tomonidan o‘rganib chiqilgan hamda ob’ekt Samarqand shahri tarixiy markazining muxofaza hududida joylashganligi sababli turar-joy binosining 7-qavatdan yuqori qismi 8-9 qavatlari buzilishi belgilangan.

Samarqand shahar hokimligi tomonidan 2019 yilning 13 martdagi shahar iqtisodiy sudga binoning 7 qavatdan yuqorisini ya’ni, 8-9-qavatlarni buzish to‘g‘risida da’vo ariza kiritilgan. Sudning 2019 yil 8 maydagi ajrimi bilan ish yuritish tugatilgan. Madaniyat vazirligi hamda “ToshkentboshplanLITI” DUK bilan birgalikda bino balandligi hamda shaharsozlik normasi bo‘yicha xulosa berilgan. Binoni buzish bo‘yicha buyurtmachi tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda mulk egasi tomonidan buzilish belgilangan. 

Samarqandda aholi ko‘chib o‘tgan yangi ko‘p qavatli uyning 2 ta qavati buziladi (FOTO)

Bugungi kunda mazkur ob’ekt Samarqand shahri tarixiy markazining muxofaza hududida joylashganligi sababli qurilishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ya’ni Madaniy me’ros boshqarmasi talablariga muvofiq ob’ektning balandlik masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Kiritildi: 18:07 26.01.2021. O'qildi: 5853 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!