Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Samarqandda 4,6 mlrd so‘m elektrni o‘g‘irlagan fermer xo‘jaligi aniqlandi

A A A
Samarqandda 4,6 mlrd so‘m elektrni o‘g‘irlagan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Samarqand viloyatida 3 ta qoidabuzarlik natijasida tizimga 5,5 milliard so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda «O‘zenergoinspeksiya» matbuot xizmati xabar bermoqda.

Nazorat tadbirida Toyloq tumanida joylashgan S.Sh.O. fermer xo‘jaligi foydalanilgan elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirmay kelgani ma’lum bo‘ldi. Oqibatda ta’minot korxonasiga 4 milliard 637 million so‘m zarar yetkazilgan.

Bu kabi holat ushbu tumandagi P.A.O. (537,7 million so‘m) va P.M.W. (371,3 million so‘m) MCHJlarda ham kuzatilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Kiritildi: 09:35 13.12.2024. O'qildi: 682 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!