Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Media News telegram kanaliga xabar berishicha, holat 13 yanvar kuni sodir bo‘lgan. 8-sinf o‘quvchisi ko‘p qavatli turar joyning 8-qavati pod’ezdi derazasidan o‘zini tashlagan.
Ayni damda Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Holatga aniqlik kiritish maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi hamda mas’ul idoralarga xizmat tekshiruvi tayinlangan.