Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Samarqand yo‘lida "Fura" yuk mashinasida yong‘in chiqdi

A A A
Samarqand yo‘lida "Fura" yuk mashinasida yong‘in chiqdi

Kecha, 12-oktyabr kuni soat 23:38 da Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani “Olmazor” MFYdan o‘tgan M-39 yo‘lining 1048 km.da harakatlanayotgan “MAN” rusumli tirkamali yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 00:01 da yetib borib, yong‘in soat 00:05 da qurshab olingan va soat 01:12 da o‘chirilgan. Ma’lumot uchun, eng yaqin yong‘in o‘chirish qismdan yong‘in sodir bo‘lgan manzilgacha masofa taxminan 18 km. ni tashkil etadi.

Yong‘in natijasida yuk avtomashinasining tirkamasiga yuklangan taxminan 25 tonna poliyetilen rulonlar yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kiritildi: 15:12 13.10.2021. O'qildi: 3111 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!