Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Samarqand viloyatida xorijiy davlatlardan yirik miqdordagi aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini yetkazib beruvchilar ushlandi

Samarqand viloyatida xorijiy davlatlardan yirik miqdordagi aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini yetkazib beruvchilar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan olingan tezkor ma’lumotlar asosida o‘tkazilgan tadbirda tuman hududidagi “Yuqori nuqta” YPX maskaniga kirib kelgan fuqaro A.N. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtomashinasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, avtomashina yukxonasida respublika hududiga aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan umumiy bahosi 332 mln so‘mlik jami 8 300 quti “ESSE SNANGE” nomli tamaki mahsuloti ortilganligi aniqlanib, prosessual tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, ushbu noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingan tamaki mahsulotlari chet davlat fuqarosi J.M. va Sirdaryo viloyatida yashovchi M.U.ga tegishli ekanligi aniqlanib, davom etgan tadbirda chet el fuqarosi J.M. Samarqand tumanida yashovchi F.E.dan tamaki mahsulotlarini o‘tkazish uchun kelishilgan 11 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 09:40 11.09.2024. O'qildi: 838 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!