Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Samarqand va Madrid o‘rtasida sheriklik aloqalari o‘rnatilishi mumkin

Samarqand va Madrid o‘rtasida sheriklik aloqalari o‘rnatilishi mumkin

O‘zbekiston elchisi Farrux Tursunov Ispaniyaning Milans del Bosch & ITL kompaniyasi asoschisi Santyago Milans del Bosh bilan uchrashuv o‘tkazdi.

"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi madaniy va tarixiy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Samarqand va Madrid shaharlari o‘rtasida do‘stlik aloqalarini o‘rnatish taklifi ilgari surildi.

Santyago Milans del Bosh Ispaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘p asrlik diplomatik va madaniy-iqtisodiy munosabatlardan tashqari, ularni ijtimoiy aloqalar ham birlashtirib turishini ta’kidladi. U Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston Ispaniyadan evakuasiya qilingan bolalarning bir qismini qabul qilib, ularni urush dahshatlaridan saqlab qolgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, turli sohalarda o‘zaro anglashuv va hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Madridda va Toshkentda qo‘shma tadbirlarni tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida elchixonaga Ispaniya elchisi Ruy Gonsales de Klavixoning 1406 yilda Samarqandga qilgan safari haqida yozgan kitobi taqdim etildi.

Kiritildi: 13:11 17.06.2024. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!