Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Isroil «Hizbulloh» yetakchisining qizini ham vayshiylarcha o‘ldirdi

Isroil «Hizbulloh» yetakchisining qizini ham vayshiylarcha o‘ldirdi

Livanning Hizbulloh harakati bosh kotibi Hasan Nasrullohning qizi Zaynab Nasrulloh Isroilning Bayrut janubida uyushtirgan havo hujumida halok bo‘ldi. Bu haqda Isroil ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

Dahiyadagi hujum joyida vayronalarni tozalash vaqtida ayolning jasadi topilgani aytilmoqda.

Nashrning ta’kidlashicha, ilgari u o‘zining ommaviy bayonotlarida Hizbulloh maqsadlariga sodiqlik haqida bir necha bor gapirgan. «Akam Hadiy shahid bo‘lganida, ota-onam bir tomchi ham ko‘z yoshi to‘kmadi», degan Zaynab 2022 yilda Al Manar telekanaliga bergan intervyusida.

Hizbulloh yetakchisining to‘ng‘ich o‘g‘li harakatning jangchilar qanoti a’zosi bo‘lgan va 1997 yilda Isroil harbiylari tomonidan o‘ldirilgan.

Kiritildi: 19:50 28.09.2024. O'qildi: 3538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!