Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Samarqand shahridagi School 21 kampusida IT-yo‘nalishlarida o‘qitish uchun birinchi guruhga qabul boshlandi

A A A
Samarqand shahridagi School 21 kampusida IT-yo‘nalishlarida o‘qitish uchun birinchi guruhga qabul boshlandi

Samarqandda joriy yilda ish boshlaydigan School 21 bepul dasturlash maktabiga tinglovchilarni qabul qilish boshlandi. Ilk saralangan intensivning boshlanishi 2023 yilning dekabr oyiga mo‘ljallangan. Maktabning sayti orqali o‘qish uchun arizalarni topshirish mumkin.

Intensivdan o‘tish bu yakuniy saralash bosqichi bo‘lib, u School 21 kampusida 26 kun davomida tashkil qilinadi. Intensiv - bu C dasturlash tilining ixcham kursidir. Ishtirokchilar kurs davomida shahsiy va jamoaviy loyihalarni amalga oshiradilar. Intensivning natijalarga ko‘ra, qatnashchilar asosiy mashg‘ulotlarga yo‘llanma oladilar.

Samarqand shahridagi School 21 kampusi nafaqat O‘zbekistonning texnologiyalarga qiziquvchi aholisi, balki qo‘shni mamlakatlardan kelgan mehmonlar uchun ham foydali o‘quv maskaniga aylanishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu maktab respublikamizda IT sohasini faol rivojlantirishga turtki bo‘lib xizmat qiladi.

Bepul maktabga kirib, IT mutaxassisi bo‘lish istagi borlar 18 yoshdan oshgan bo‘lishlari kerak. Maktabda turli yo‘nalishlarda ta’lim beriladi: tarkibiy dasturlash (C), ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash (C++), kompyuter tarmoqlari, algoritmlar, ma’lumotlar bazalari (SQL), amaliy dasturlash (Java, Python, Golang), shuningdek mobil dasturlash, Frontend, Backend, ML & DS, Big Data, GameDev va boshqalar.

School 21 maskanida ta’lim olish uchun avvalgi bilimlar, ish tajribasi, dasturlash ko‘nikmalari va diplomlarga ega bo‘lish muhim emas. 50% dan ortiq ishtirokchilar uchun loyihada qatnashish birinchi dasturiy tajribadir. O‘quv mashg‘ulotlari raqamli ta’lim platformasida, sohaga yo‘naltirilgan, moslashuvchan va doimiy rivojlanib boradigan kontent orqali amalga oshiriladi.

Peer-to-peer metodikasi, ya’ni ma’ruzachilar, baholarsiz va ma’ruzalarsiz o‘qitish yuqori sifatli ta’limga erishishga imkon beradi.

Ishtirokchilar o‘zaro bilim almashadilar, topshiriqlarni bajaradilar, shuningdek shahsiy va jamoaviy IT-loyihalarni tayyorlaydilar. 1,5-2 yillik kursdan keyin ular malakali IT-muhandislari bo‘lib yetishadilar va o‘z ixtisosliklari bo‘yicha faoliyat yuritishni boshlaydilar.

Ushbu maskanda ta’limdagi asosiy e’tibor amaliy topshiriqlarni bajarishga, kuchli dasturlash ko‘nikmalarini o‘zlashtirishga, soft skills rivojlantirishga qaratilgan. Bular zamonaviy IT-mutaxassisining asosiy hususiyatlaridir. O‘qitish bosqichlaridan biri - uch oylik majburiy amaliyotdir. Har bir ishtirokchi amaliyot boshlangunga qadar kamida uchta dasturlash tilini o‘rganib oladi va bu bilimlarni kasbiy faoliyatda qo‘llaydi.

School 21 kampusi Samarqand shahridagi Ibn Sino ko‘chasi, 17, manzilida joylashgan bo‘ladi. Asosiy ta’lim uchun yillik qabul 800 dan ortiq kishini tashkil qilishi mumkin.

Kiritildi: 17:42 28.11.2023. O'qildi: 2180 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!